O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlari tibbiy ko`rikdan o`tish va davolanish uchun 7 fevralgacha bo`lgan muddatda 2 bosqichda qisqa muddatli ta`tilga chiqmoqda.
Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur jadvalga ko`ra, bugungi kunda birinchi bosqichda samarqandlik rahbarlardan 150 nafari tibbiy ko`rikdan o`tib, davolanmoqda. Jumladan viloyat hokimi (E.Turdimov), viloyat prokurori (R.Masharipov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Sh.Rahmonov) va viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inag`omov) boshliqlari Toshkent shahrida, 3 nafar viloyat hokimining maslahatchilari (yordamchi), 48 nafar sektor rahbarlari (tuman/shahar prokurorlari, IIB va DSI boshliqlari), 96 nafar tuman (shahar) hokimlarining o`rinbosarlari viloyat tibbiyot markazlarida tibbiy ko`rikdan o`tib, zaruriy muolajalarni olmoqda. Muolajalar joriy yilning 27 yanvariga qadar davom etishi belgilangan.
Ikkinchi bosqichda (28 yanvardan 7 fevralgacha) Samarqanddan yana 24 nafar (8 nafar viloyat hokimining o`rinbosari, 16 nafar tuman va shahar hokimlari) rahbarlar Toshkent shahrida tibbiy ko`rikdan o`tib, davolanishi ko`zda tutilgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Qashqadaryo viloyatidagi tuman va shahar hokimlari tibbiy ko`rikdan o`tish va davolanish uchun Toshkent shahriga jo`nab ketgani va ularning o`rniga vaqtinchalik yangi yosh hokimlar tayinlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga doir:






