1

Qashqadaryoda mahalla raisi MIB xodimini bolta bilan jarohatladi

Jinoyat 21.01.2021, 16:53
Qashqadaryoda mahalla raisi MIB xodimini bolta bilan jarohatladi

Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig`ini raisi Majburiy ijro byurosining xodimini bolta bilan jarohatladi. 

Bu haqda xabar bergan Majburiy ijro byurosi markaziy apparati matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo`latovning ma`lumotiga ko`ra, voqea bugun  MIB xodimining sud hujjati ijrosi jarayonida ro`y bergan. 

Ya`ni, sud hujjatiga ko`ra, qarzdor B.Q.dan davlat foydasiga10.731.742 so`m soliq qarzdorligi hamda 429.270 so`m davlat bojini undirish belgilangan. Biroq MFY raisi (ayni vaqtda qarzdor) ijro harakatlarini amalga oshirayotgan xodimning ishiga to`sqinlik qilib, xonadonidan olib chiqqan bolta bilan uning chap elkasi orqa tomoniga tan jarohati etkazgan.

Hozirda holat bo`yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1