1

Jizzaxlik yigit talaba qizning behayo suratlarini ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, 8 ming AQSh dollar talab qildi

Jinoyat 21.01.2021, 19:42
Jizzaxlik yigit talaba qizning behayo suratlarini ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, 8 ming AQSh dollar talab qildi

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi, poytaxtdagi oliy o`quv yurtlaridan birida ta`lim olayotgan ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Jizzax shaharining Obod mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan E.A. unga nisbatan tovlamachilik qilayotganligini bildirgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma`lum qildi.

 Ma`lum bo`lishicha, yigit ayolning behayo suratlarini ijtimoiy tarmoqda tarqatishini aytib, 8 ming AQSh dollari talab qilgan.

Jabrlanuvchining arizasi asosida viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir uyushtirildi. Qisqasi, tovlamachi Jizzax shahrining Zargarlik mahallasi hududida 3 ming AQSh dollari olgan paytida ushlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.   

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1