AsosiyJamiyat

Bo`stonliqda dam olish maskaniga olib boruvchi yo`lning bir qismi vaqtinchaga yopildi

'Bo`stonliqda dam olish maskaniga olib boruvchi yo`lning bir qismi vaqtinchaga yopildi'ning rasmi

Bo`stonliq tog`li hududlaridagi dam olish maskaniga olib boruvchi yo`lning ma`lum qismida avtotransport vositalari uchun harakat vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Bo`stonliq tumandagi avtomobil yo`llarining o`tkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli ko`ngilsizliklarning oldini olish maqsadida “4R-12” “Bektemir-Chorbog`” avtomobil yo`lining 61-kilometridan “4R-6” “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lining 57-kilometriga o`tish qismidan, ya`ni, Bo`stonliq tumanining G`azalkent shahridan chiqish joyidanto “4R-6” avtomobil yo`lining 87-kilometriga, ya`ni, Bo`stonliq tumani “Yusufxona” aholi yashash joyiga qadar avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi. 

“Ushbu holatda barcha haydovchilardan vaziyatni to`g`ri tushunib, o`rnatilgan yo`l belgilariga rioya qilishlarini, xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlarining ishora va ko`rsatmalariga amal qilib harakatlanishlarini so`rab qolamiz”,– deyiladi YHXBB axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar