1

Xorazmda tug`ilmagan chaqalog`ini 9000 AQSh dollariga pullayotgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 23.01.2021, 19:19
Xorazmda tug`ilmagan chaqalog`ini 9000 AQSh dollariga pullayotgan shaxslar qo`lga olindi

Urganch tumanidagi Bekobod qishlog`ida yashovchi P.K. nikohsiz yashayotgan turmush o`rtog`i bilan jinoiy til biriktirib, hali tug`ilmagan 4 oylik farzandiga xaridor izlagan. 

Hazorasplik T. B. bu kimsalarning nopok ishlaridan xabar topib, homilaga xaridor bo`ladi. 

4 oylik homila tug`ilgandan so`ng olish sharti bilan 9000 AQSh dollariga baholanadi. P.K. turmush o`rtog`i bilan kelishilgan pulning 6000 AQSh dollarini olayotgan paytida ashyoviy-dalillar bilan qo`lga olindi.

Ayni kunda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1