1

Toshkentdagi masjidda noma`lum shaxs 5400 AQSh dollari o`g`irladi

Jinoyat 23.01.2021, 20:02
Toshkentdagi masjidda noma`lum shaxs 5400 AQSh dollari o`g`irladi

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 6 dekabr kuni taxminan soat 15.25 da noma`lum shaxs masjidda bo`la turib 38 yoshli Rahmatullaxo`ja A.ga tegishli bo`lgan kurtka cho`ntagidan 5.400 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2 qismi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – muqaddam sudlangan 36 yoshli Otabek N. qo`lga olindi.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov jarayonlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1