AsosiyJinoyat

Farg`onada “Marixuana” sotayotgan fuqaro qo`lga olindi

'Farg`onada “Marixuana” sotayotgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 23 yanvar kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro T.M. Gulzor ko`chasida 1.000.000 so`m evaziga o`n dona gugurt qutilariga joylashtirilgan “marixuana” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida, daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

"Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang”–deyiladi tuman IIB JQB axborotida. 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar