1

Xorazmda 24.000 AQSh dollariga baholangan “Tramadol Lannaxer” psixotrop moddasining noqonuniy aylanmasi to`xtatildi

Jinoyat 25.01.2021, 22:14
Xorazmda 24.000 AQSh dollariga baholangan “Tramadol Lannaxer” psixotrop moddasining noqonuniy aylanmasi to`xtatildi

2021 yil 23 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida psixotrop moddalar savdosi bilan shug`ullanayotgan shaxslar qo`lga olindi.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasining xabar qilishicha, 1982 y.t. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumanida yashovchi fuqaro S.K. va 1978 y.t. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumanida yashovchi fuqaro E.Sh. oldindan o`zaro jinoiy til biriktirgan.

Urganch tumani “Cholish” qishlog`i hududida joylashgan “Cholish” YPX maskani yonida tadbirga jalb qilingan maxsus xaridor IIB xodimiga polietilen sumkaga solingan 2.000.000 konvalyuta “Tramadol Lannaxer” giyohvandlik vositasini 24.000 AQSh dollariga kelishib, oldindan 9.500 AQSh dollarini olib, ushbu psixotrop dori vositasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ko`lga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1