1

Farg`onada haydovchi do`konga kirgan paytda mashinasini yo`lovchisi o`g`irlab qochdi

Jinoyat 26.01.2021, 14:36
Farg`onada haydovchi do`konga kirgan paytda mashinasini yo`lovchisi o`g`irlab qochdi

Postda muxbirining xabar berishicha, shu yilning 21 yanvar kuni Farg`ona viloyatining Farg`ona tumanida yashovchi fuqaro G`.I. o`ziga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasida ketayotib, kutilmaganda jabrlanuvchiga aylanib qolgan.

Yo`lda notanish bir yigit mashinasiga yo`lovchi sifatida o`tiradi. Ammo “Novkent” mahalla fuqarolar yig`ini hududiga borganida yo`lovchinining niyati buzildi. Haydovchi yo`lda bir muddat to`xtab, savdo do`koniga kirib ketganida mashina ruliga o`tirdi-yu, hodisa joyidan qochib ketdi.

Ammo, uzoqqa ketolmadi. Farg`ona shahrining Aeroport ko`chasida harakatlanib borayotgan vaqtida viloyat IIB JQB va Farg`ona tumani IIB xodimlari tomonidan to`xtatilib, ushlandi.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumondorga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1