1

638,3 mln so`mni talon-toroj qilgan Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasining sobiq rahbari qo`lga olindi

Jinoyat 26.01.2021, 23:45
638,3 mln so`mni talon-toroj qilgan Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasining sobiq rahbari qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari A.I., «A.S.» MChJ rahbari X.I., «J.T.» MChJ rahbari J.A. va boshqalar 2019 yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarning to`liq bajarilmaganligi natijasida,byudjetdan ajratilgan 638,3 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Darakchi nashriga ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1