2021 yil 1 fevral kunidan boshlab neft mahsulotlarida aksiz solig`i stavkalari oshishi e`lon qilindi.
Xususan, ayrim neft mahsulotlarining oshirilgan soliq stavkalari endilikda quyidagicha bo`ladi:
- 1 tonna Ai-80 benzini 240 ming so`m (2021 yil 1 yanvardan 200 ming so`m edi);
- 1 tonna , Ai-92, Ai-93 va Ai-95 benzini 275 ming so`m (2021 yil 1 fevralga qadar 250 ming so`m);
- 1 tonna dizel yonilg`isi 240 000 so`m (40 ming so`mga qimmatlaydi).
Yuqoridagi o`zgarishlar respublikada ommabop bo`lgan Ai-80 benzini misolida 1 tonnasi 127 050 so`mga (QQSni hisobga olganda 146 108 so`mga) yoki 1 litri 95 so`mga (QQSni hisobga olganda 110 so`mga) oshishi mumkin.
Ma`lumot uchun, 2020 yilda respublikada 1 million tonna benzin ishlab chiqarilgan.
Ai-80 markali avtomobil benzinining boshlang`ich narxi ko`tarilganligi sababli uning o`rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 5 million 763 ming so`mdan 5 million 822,5 ming so`mgacha yoki 1,0 foizga o`sdi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinining o`rtacha haftalik kotirovkasi 5 million 767,9 ming so`mni, AI-91 – 6 million 958,2 ming so`mni tashkil etdi. Oshirilgan soliq stavkalari qo`llanilgan holda, benzin narxi ulgurji savdoda taxminan 1-2 foizga oshishi mumkin.