1

Namanganda o`g`rini temir panjara ham, seyf ham to`xtatib qololmadi

Jinoyat 27.01.2021, 17:21
Namanganda o`g`rini temir panjara ham, seyf ham to`xtatib qololmadi

Namangan viloyatida 2021 yilning 13 yanvar kuni soat 09:00 dan  13:00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida  Yangiqo`rg`on tumani, “Zarbdor” MFY, Farovon ko`chasida istiqomat qiluvchi Baxtiyor I., ning xonadonida o`g`irlik sodir etilgan.

No`ma`lum shaxs uyning derazasidagi temir panjarani buzib, oynasini sindirib, ushbu xonadonda bo`lgan temir qutini (seyf) buzib, ichidagi 1.250 AQSh dollari, 6.000 Rossiya rubli va 3.000 Qirg`iz so`mini o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Yangiqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov va tezkor tadbir davomida mazkur jinoyatni Yangiqo`rg`on tumani, “Zarbdor” MFY., da istiqomat qiluvchi Ortiqmirza X. sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida Ortiqmirza X., so`roq qilinganida, u uz aybiga to`liq iqror bo`lib, o`g`irlangan pullarga 1 dona “Artel” rusumli televizor, 1 dona “Samsung” rusumli telefon maishiy texnikalar sotib olganligini ma`lum qilgan. Bundan tashqari Ortiqmirza X.,dan 200 AQSh dollari xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1