1

G`ijduvonda narkotik savdosi bilan shug`ullanadigan to`daning faoliyati fosh etildi

Jinoyat 27.01.2021, 18:10
G`ijduvonda narkotik savdosi bilan shug`ullanadigan to`daning faoliyati fosh etildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan G`ijduvon tumanida olib borilgan tezkor tadbirlaridan birida jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Joriy yilning 16 yanvar kuni soat 16:30 larda G`ijduvon tumani Labiro`t mahallasi Mahallameron qishlog`i hududida Romitan tumani Mug`oncha mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan N.S., tanishi H.H. ga bir dona «SIRNIKI BEZPEChNI» yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan holdagi, «Marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 700.000 so`m evaziga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Tezkor tadbir jarayonida N.S.ning avtomashinasi va kiyimlari ko`zdan kechirilganda, uning  yonidan 1 dona 1000 so`mlik kupyuradagi pul va 1 dona yaltiroq qog`ozga o`ralgan giyohvandlik moddasi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan ushbu giyohvandlik moddalari o`lchanganda viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo`limining xulosasiga ko`ra sof vazni 2,76 grammni tashkil qildi.

N.S. bilan olib borilgan qo`shimcha tezkor surishtiruv harakatlari davomida, undan hujjatlashtirib olingan giyohvandlik moddalarini G`ijduvon tumani Sarmijon mahallasida yashovchi 1971 yilda tug`ilgan A.X. ismli tanishidan sotib olganligini bildirdi.

N.S.ning ko`rsatmalari yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida tuman hududidan o`tuvchi M-37 yo`li yoqasida qo`lga olingan A.X.ning yonidan ham 1 dona gugurt qutiga solingan 2,76 grammga teng “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi va davom ettirilgan tezkor tadbir davomida uning yashash uyida o`tkazilgan tintuv tergov harakati davomida 7 dona gugurt qutiga solib qadoqlangan xuddi shu turdagi sof vazni 20.93 gramm giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Buni qarangki, A.X. ham o`zidan hujjatlashtirib olingan va tezkor tadbir davomida gumon qilinuvchilardan olingan giyohvandlik moddalarini Vobkent tumani Bozorjo`y mahallasida yashovchi 1963 yilda tug`ilgan tanishi R.X.dan 4.500.000 so`mga sotib olganligini bildirdi.

R.X. bilan tezkor tadbirni davom ettirish jarayonida u mazkur giyohvandlik moddalarini Vobkent tumanining Changaron mahallasida yashovchi 1961 yilda tug`ilgan Z.P. dan 3.500.000 so`mga sotib olganligi aniqlandi.

Z.P. ni qo`lga olish bo`yicha kechiktirib bo`lmas tezkor va tergov harakatlari olib borilib, M-37 yo`li yoqasida qo`lga olinganida, yonidan yana 2 dona gugurt qutiga solingan sof vazni 8.17 grammga teng bo`lgan  marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Shundan so`ng qilni qirq yoradigan tezkor xodimlar tomonidan Z.P.ning Vobkent tumani Changaron mahallasidagi yashash uyida tintuv tergov harakatlari o`tkazildi. Tintuv jarayonida uning xonadonidan 3 dona qora rangli polietilen paketga solingan sof vazni 139,56 grammga teng bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini kelgusida sotib, mo`may daromad qilishni ko`zlagan holda yashirincha saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlarning barchasi tegishli tartibda hujjatlashtirilib, G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan holda gumon qilinuvchilar N.S., A.X., R.X., va Z.P. larga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1