1

Buxoro viloyatida 1 kg.an ziyod “opiy” giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 28.01.2021, 09:02
Buxoro viloyatida 1 kg.an ziyod “opiy” giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi

2021 yil 26 yanvar kuni soat 15:00 larda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani va Buxoro viloyati G`ijduvon tumanlarida, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan  “Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbiri o`tkazildi.  Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda. 

Unda, tadbirga jalb qilingan “Shartli xaridorlar”ga Buxoro viloyati Qorako`l tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1962 y.t. fuqaro I.A. o`zining jiyani va tanishlari bilan Buxoro viloyati, Qorako`l tumani, “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1980 y.t. fuqaro A.G`., Buxoro viloyati, Qorako`l tumani, “Darg`ali” MFYda yashovchi, 1993 y.t. fuqaro E.O. hamda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani, “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1991 y.t. fuqaro A.I. bilan birga og`irligi 1 kg. 135 gramm bo`lgan “opiy” giyohvandlik moddasini 25.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1