AsosiyJamiyat

2020 yilda poytaxtdagi noqonuniy qurilgan ko`p qavatli binolar haqida ma`lumot berildi

'2020 yilda poytaxtdagi noqonuniy qurilgan ko`p qavatli binolar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

2020 yilda Toshkentda yuzdan ortiq ko`p qavatli binolar noqonuniy qurilgan. Bu haqda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan er uchastkalarida ko`p kvartirali uy-joylar qurish holatlari ortib bormoqda. Oqibatda qurilgan ko`p kvartirali uylardagi muhandislik kommunikasiyalari tizimiga salbiy ta`sir o`tkazib, ayrimlarini quvvati etmay, ayrimlari esa turli xil avariya holatlari kelib chiqmoqda. 

2020 yilda xatlov o`tkazilganda 100 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan er uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan uch va undan ortiq qavatli (ko`p kvartirali) uy-joylar qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, shu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda.

Yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan er uchastkalarda ikki va undan ortiq bo`lgan ko`p kvartirali uylarni qurish taqiqlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar