1

3 yil aliment to`lamagan 55 yoshli otaga qamoq jazosi tayinlandi

Jinoyat 28.01.2021, 17:25
3 yil aliment to`lamagan 55 yoshli otaga qamoq jazosi tayinlandi

 Majburiy ijro byurosi Marg`ilon shahar bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Marg`ilon tumanlararo sudining 25.05.2013 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor 1964 yilda tug`ilgan A.Muminovdan Sh.Xafizova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandi uchun ish haqi            va boshqa daromadining to`rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish bo`yicha ijro hujjati mavjud.

Biroq, qarzdor A.Muminov aliment to`lashni paysalga solib umumiy hisobda 3 yildan buyon farzandi uchun 18 mln. 440 ming 584 so`m aliment pulini to`lamasdan kelgan.

Hattoki, Marg`ilon shahar ma`muriy sudining 28.01.2020 yildagi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosini o`tab chiqqandan keyin ham         qo`shimcha hisoblangan 4 mln. 808 ming 584 so`m alimentni ham to`lashdan  bo`yin tovlagan.

Shunga ko`ra, qarzdor A.Muminovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Yozyovon tuman sudida ko`rib chiqilib, unga nisbatan 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.  

 Byuroning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan Sh.Xafizova foydasiga to`lanmagan 18 mln. 440 ming 584 so`m aliment qarzi va kelgusidagi aliment to`lovlari bo`yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1