AsosiyJinoyat

Sayxunobodda qaynotasining uyiga borgan erkak turmush o`rtog`ini qasddan pichoqladi

'Sayxunobodda qaynotasining uyiga borgan erkak turmush o`rtog`ini qasddan pichoqladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sayxunobodda ayoli bilan yarashish maqsadida qaynotasining uyiga borgan erkak o`zaro kelishmovchilik natijasida turmush o`rtog`ini qasddan pichoqlaganligi haqida xabar tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganli haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.    

"Tan jarohatlarini olgan jabrlanuvchi ayol tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari o`tkazilmoqda" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar