AsosiyJinoyat

Farg`onada og`ufurushlar faoliyatiga chek qo`yildi

'Farg`onada og`ufurushlar faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB JQB va Quva tuman IIB JQB xodimlari tomonidan 2021 yilning 24 yanvar kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Quva tumani “Bo`ston” mahallasida yashovchi fuqaro M.N.ning yashash xonadoni va yordamchi xo`jalik xonalari ko`zdan kechirilganda, xonadon o`tinxonasida bir dona qora sellofan paketga joylangan, quritib-maydalangan yashil rangli, o`tkir hidli "nasha" giyohvandlik moddasiga o`xshash o`simlik qoldiqlari aniqlangan. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

O`tkazilgan sud kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, fuqaro M.N.ning yashash xonadonidan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda - tetragidrokannabinol mavjud bo`lib, bu “marixuana” ekanligi, quritilgan holdagi marixuananing sof og`irligi 170 grammga teng ekanligi ko`rsatib o`tilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Boshqa yangiliklar