AsosiyJinoyat

Namanganda ochiq qoldirilgan avtomobil tunab ketildi

'Namanganda ochiq qoldirilgan avtomobil tunab ketildi'ning rasmi

2021 yil 25 yanvar kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro Namangan shahar Davlatobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 25 yanvar kuni soat 12:30 dan soat 13:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida o`ziga tegishli bo`lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasi Namangan shahrida joylashgan jome masjidi oldiga orqa chap tomon eshigini ochiq qoldirganligidan foydalangan noma`lum shaxs, avtomashina bardachogida bo`lgan narxi 700.000 so`mlik “Samsung-J6” rusumli telefon apparatini va narxi 500.000 so`mlik 2 dona “Kenwood” nomli ovoz kuchaytirgichlarini o`g`irlab ketilgan.

Namangan shahar Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 25 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar