1

Samarqandda “opiy” sotuvchisi ushlandi

Jinoyat 29.01.2021, 20:08
Samarqandda “opiy” sotuvchisi ushlandi

Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 11.00 larda Samarqand shahri Buyuk ipak yo`li ko`chasida xizmat olib borayotgan Samarqand viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi Tezkor bo`limi xodimlari tomonidan giyoh sotuvchisi qo`lga olindi. Bu haqda Ichki Ishlar vazirligining Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Samarqand tumani “Oxalik” mahallasida yashovchi, 1990 y.t fuqaro R.S. o`zini shubhali tutganligi sababli to`xtatilib, shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganda, yonida 2 dona rangsiz sellofan paketlarga bo`lib solingan jami sof og`irligi 2.58 gramm  “opiy” giyohvand vositasini g`ayriqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyat IIB EKBning ma`lumotnomasida fuqaro R.Sdan daliliy ashyo sifatida olingan 2 dona rangsiz sellofan bo`lakchalariga alohida-alohida qadoqlangan, yumshoq holatdagi, to`q jigar rangli, o`tkir hidli modda tarkibida faol opiy guruhiga mansub bo`lgan giyohvand alkoloidlar – morfin, kodein, tebain mavjud bo`lib, ushbu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uning sof og`irligi 2,58 grammga tengligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan R.Sga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Hozirda ushbu olingan “opiy” giyohvandlik moddasi manbasini aniqlash maqsadida tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1