Kun hikmati

Mutolaa 08.02.2016, 11:18
Kun hikmati

Boshni fido ayla ato qoshig`a,

Jismni qil sadqa ano boshig`a.

Tun-kuningg`a aylagali nur fosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh.

 ***

Bo`lmasa ishq ikki jahon bo`lmasin,

Ikki jahon demakim, jon bo`lmasin.

Ishqsiz ul tanki oning joni yo`q,

Husnni netsun kishikim, oni yo`q.

 ***

Aysh, Navoiy, necha dilkashdurur,

Lek adab birla hayo xushdurur.

***

Befoyda so`zni ko`p aytma va foydalig` so`zni eshiturdin qaytma.

***

Bu gulshan ichra yo`qdur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur qolsa yaxshiliq bila ot.

***

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O`tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.

Alisher Navoiy

9 fevral –

Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kunga 575 yil to`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1