Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 8 oktyabr kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida berilgan topshiriqlarning, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha vaqtinchalik tartib ijrosini ta`minlash maqsadida sudlar ham o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarib kelmoqda.
Sud-huquq sohasida olib borilgan islohotlarning natijasi o`laroq, viloyat sudlari birlashtirilgandan so`ng tuman sudlari ham aholi qatlamlari bilan ishlash boorasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib kelmoqdalar.
Jumladan, Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi hamda jinoyat ishlari bo`yicha Romitan tuman sudi tomonidan tumandagi aholi bilan doimiy muloqot o`rnatilib, ularning muammolarini bartaraf etish, natijada ularning hayotdan rozi bo`lib yashashlari uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Safarov va jinoyat ishlari bo`yicha Romitan tuman sudi raisi A.O`ralov ishtirokida Romitan tumani ikkinchi sektor shtabi binosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda 9 nafar ayolning murojaatlari tinglandi. Ularning muammolarini samarali va qonuniy hal etish tartibi to`g`risida huquqiy tushuntirishlar berildi.