AsosiyJamiyat

Buxoroda “QUWATT” brendi ostida avtobenzin ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi

'Buxoroda “QUWATT” brendi ostida avtobenzin ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatining xabar qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi “Neft-gaz tarmog`ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ–4664-sonli Qaroriga muvofiq, “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi tomonidan avtomobil benzini va dizel yoqilg`isi birja savdolariga jahon birjalaridagi Brent nefti kotirovkalariga bog`lab qo`ygan holda shakllangan boshlang`ich narxlarda qo`yib borilmoqda. Xususan, o`tgan haftaning 18-21 yanvar kunlari 1 barrel Brent neftining o`rtacha kotirovkasi – 55,22 dollarni, bunda minimal ko`rsatkich – 54,51 dollarni, maksimal ko`rsatkich – 56,12 dollarni tashkil etdi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev tashabbusi bilan “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida “QUWatt” brendi ostida avtobenzin va dizel yonilg`ilarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Ushbu brend ostidagi AI-95 rusumli avtobenzini Germaniyaning "BASF SE" kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

“QUWATT” AI-95 rusumidagi avtobenzin quyidagi afzalliklarga ega:

  • dvigatellarda tozalikni saqlashning mukammal ta`siriga erishish imkonini beradi;
  • klapanlardagi hosil bo`ladigan qatlam miqdorini 4 mg/klapan qiymatidan oshmasligini ta`minlaydi;
  • dvigatel klapanlarini qatlamlardan yuqori darajada, ya`ni 80% gacha tozalash imkonini beradi;
  • avtomobil dvigateli quvvatini oshiradi hamda yoqilg`ini 3% gacha tejalishiga erishiladi;
  • qish mavsumida dvigatelning uzluksiz ishlashini ta`minlaydi;
  • dvigatel yonilg`isi tizimida, shuningdek, benzinni tashish va saqlash jarayonlarida korroziyaga yo`l qo`ymaydi.

2021 yilning birinchi o`n kunligining o`zidayoq, 480 tonna “QuWatt” brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarildi va respublika tovar xomashyo birjasi orqali sotuvga qo`yila boshlangan.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qo`yilgan avtomobil benzini va dizel yoqilg`isining shakllangan boshlang`ich narxlari (1 tonnasi uchun) quyidagilarni tashkil etdi:

Avtomobil benzini:

•Ai-80 markali – o`rtacha 5 895,6 ming so`m (minimal – 5 842,3 ming so`m, maksimal – 5 954,9 ming);

•Ai-91 markali – o`rtacha 6 781,7 ming so`m (minimal – 6 719,8 ming so`m, maksimal – 6 850,5 ming so`m);

•Ai-92 markali – o`rtacha 6 924,9 ming so`m (minimal – 6 861,6 ming so`m, maksimal – 6 995,1 ming so`m);

•Ai-95 markali – o`rtacha 8 996,2 ming so`m (minimal – 8 910,1 ming so`m, maksimal – 9 091,8 ming so`m);

Dizel yoqilg`isi:

•EKO markali – o`rtacha 7 540,4 ming so`m (minimal – 7 468,0 ming so`m, maksimal – 7 620,8 ming);

•Evro-4 markali – o`rtacha 7 699,5 ming so`m (minimal – 7 625,9 ming so`m, maksimal – 7 781,2 ming);

•Evro-5 markali – o`rtacha 7 844,5 ming so`m (minimal – 7 769,7 ming so`m, maksimal – 7 927,6 ming).

Boshqa yangiliklar