2021 yil 27 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB JQB xamda Qo`shko`pir tumani bo`yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida "geroin" va "opiy" giyohvandlik moddalarni sotishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha 1987 yilda tug`ilgan Qo`shko`pir tumani, Oqdarband qishlog`i, "Ittifoq" mahallasida yashovchi fuqaro M.B. yonida giyohvandlik moddasi olib yurganligi to`g`risida olingan tezkor ma`lumotga asosan, M.B. ushlanib, xolislar ishtirokida yonlari ko`zdan kechirilganida, yonidan 2 ta qog`oz parchasiga o`ralgan “geroin” giyohvandlik moddasi hamda sellofan paketga o`ralgan “opiy” giyohvandlik moddalarini kelgusida o`tkazish maqsadini ko`zlab, saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






