AsosiyJinoyat

Pop tumanida qimorxona faoliyatiga chek qo`yildi

'Pop tumanida qimorxona faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

2021 yilning 18 yanvar kuni, Pop tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorini bergan ma`lumotiga asosan, viloyat IIB TEQKB TChXTB tezkor vakillari bilan hamkorlikda, Pop tumanida yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan fuqaro yashash xonadonida bir guruh fuqarolarni qimor o`yinini o`ynashlariga sharoit yaratib berib, har bir o`yindan 5.000 so`mdan cho`tal olib, moddiy manfaat ko`rganligi aniqlangan. Bu haqda Namangan viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, daliliy ashyo sifatida o`yin kartasi va o`rtaga qo`yilgan 1.785.000 so`m pullar musodara qilingan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar