AsosiyJamiyat

O`zbekistonning shahar va qishloqlarida nechta mahalla bor?

'O`zbekistonning shahar va qishloqlarida nechta mahalla bor?'ning rasmi

Bugun, 1 fevral kuni AOKAda o`tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva shahar va qishloqlarda mahallalar soni va ularning qanday hududda joylashgani haqida ma`lumot berdi.

2021 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, yurtimizda 9 168 ta fuqarolar yig`ini mavjud bo`lib, ularning:

8 877 tasi — mahalla fuqarolar yig`ini;

161 tasi — ovul fuqarolar yig`ini;

89 tasi — qishloq fuqarolar yig`ini;

41 tasi — shahar fuqarolar yig`inidan iborat.

Mazkur fuqarolar yig`inlarining 10 tasi — jamoatchilik asosidagi, 

11 tasi — harbiy shaharchalarda joylashgan fuqarolar yig`inlari hisoblanadi.

Eng ko`p — 1000 dan oshiq mahallaga ega hudud sifatida Samarqand viloyati etakchilik qiladi. Bu viloyatda hozirgi vaqtda 1 100 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud. Undan so`ng Toshkent viloyati 10 48 ta, Farg`ona viloyati 1041 ta mahalla bilan keyingi o`rinlarni band qilgan. 

Fuqarolar yig`inlarining geografik joylashuviga to`xtaladigan bo`lsak, respublikamizdagi 1 830 ta mahalla fuqarolar yig`ini — shaharlarda, 1 205 tasi — tuman markazlarida joylashgan.

Tuman markazigacha 30 km bo`lgan masofada joylashgan mahallalar soni — 4 839 tani, tuman markazidan 30 km va undan olis masofada, tog`li va cho`l hududlarda joylashgan fuqarolar yig`inlari soni — 720 tani tashkil etadi. 

Chegara yoki anklav hududlarda joylashgan fuqarolar yig`ini soni esa 574 tani tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar