AsosiyJinoyat

Samarqandda o`z xonadonida giyohvand moddasini iste`mol qilgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda o`z xonadonida giyohvand moddasini iste`mol qilgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan 2021 yil 25 yanvar kuni soat 6:40 larda Samarqand shahri U.Yusupov ko`chasida yashovchi fuqaro O.O.ning yashash uyi va yordamchi xo`jaliklari tintuv qilindi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, O.Oning xonadonida giyohvandlik moddasini iste`mol qilishga mo`ljallangan bir dona 1,5 litr hajmdagi va bir dona 1 litr hajmdagi maxsus elim idishlar (baklashka), bir dona gugurt qutisiga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik o`simligiga o`xshash o`simlik urug`lari va qog`oz bo`lagiga o`ralgan o`tkir hidli, quruq holdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan. 

Samarqand viloyati IIB EKBning xulosasiga ko`ra, fuqaro O.O.ning  yashash  uyi va  yordamchi  xo`jaliklardan olingan bir dona oq qog`oz bo`lagiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan holdagi o`simlik moddasi tarkibida giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo`lib, bu modda “marixuana” giyohvand moddasi turiga kirishi, uning umumiy sof og`irligi 2,45 grammga tengligi, bir dona gugurt qutisiga solingan och yashil rangli o`simlik urug`lari tarkibida giyohvand modda topilmaganligi, o`simlik urug`larining umumiy sof og`irligi 2,28 grammga tengligi; ikki dona elim idishlar (baklashka) qismlarini ichki qismida giyohvand modda “tetragidrokannabinol” modda izlari topilganligi ko`rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar