1

Rossiya firibgarlik va narkotik savdosida ayblanayotgan 10 nafar O`zbekiston fuqarosini ekstradisiya qildi

Jinoyat 01.02.2021, 19:23
Rossiya firibgarlik va narkotik savdosida ayblanayotgan 10 nafar O`zbekiston fuqarosini ekstradisiya qildi

Rossiya Bosh prokuraturasi firibgarlikda va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan 10 nafar O`zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquq-tartibot idoralariga topshirdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasining matbuot xizmati xabar berdi.

Ekstradisiya qilinganlarlarning biri bo`lgan A.T jabrlanuvchilarning pulini aldab olib, ularga 27 ming dollar miqdorida zarar etkazgan .

Yana bir ayblanuvchi T. S. 2018 yilda ishga joylashishda ko`maklashish bahonasi bilan Samarqand viloyatining Qo`shrabod tumanida 19 fuqaroning mablag`ini  olib qo`yganlikda, ularga 500 dan 1000 dollargacha zarar etkazganlikda ayblanmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasi Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining hukmini ijro etish uchun B. M.ni ekstradisiya qildi. U 2018 yil may-iyun oylarida Farg`onada, ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan fuqarolarning 1450 AQSh dollari miqdoridagi pulini olib qo`yganlikda aybdor deb topildi.

Ushbu fuqarolarning barchasi turli vaqtlarda Rossiya hududida hibsga olingan va maxsus kuzatuv asosida O`zbekistonga olib kelingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1