AsosiyJinoyat

Buxoroda fuqaro xonadonidan 1,5 kg.dan ortiq giyohvand topildi

'Buxoroda fuqaro xonadonidan 1,5 kg.dan ortiq giyohvand topildi'ning rasmi

G`ijduvonda fuqaro xonadonidan 1,5 kg.dan ortiq giyohvand modda topildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar bermoqda.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida G`ijduvon tumanida hamkorlikdagi tezkor tadbir o`tkazildi.

Tezkor tadbirda tumanning Armechan mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.B.ning yashash xonadonida sellofan paket va gugurt qutilariga alohida qadoqlab solingan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo`limining xulosasiga ko`ra sof vazni 1.625 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvand moddasi, bundan tashqari, gugurt qutilariga joylangan kannabis va ko`knor o`simligi urug`lari hamda qog`oz bo`lagiga dumaloq shaklda o`ralgan 1,01 grammga teng “gashish” giyohvand moddasi topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar