AsosiyJinoyat

Andijonda o`zini DSI xodimi deb tanishtirgan firibgar qo`lga olindi

'Andijonda o`zini DSI xodimi deb tanishtirgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

O`zini DSI xodimi deb tanishtirgan firibgar 10 000 AQSh dollari olayotganda qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaroga o`zini DSI xodimi deb tanishtirgan Sh.U, boshqa bir shaxsning issiqxona uchun ajratilgan 0,20 ga er maydoninining bir qismini tuman hokimligi va “Er tuzish va ko`chmas mulk” kadastri filialidagi tanishlari orqali turar joy sifatida rasmiylashtirib berishga ishontirib, evaziga undan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar