AsosiyJamiyat

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan korxonalarda yuz bergan qonunbuzilish holatlari haqida ma`lumot berildi

'Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan korxonalarda yuz bergan qonunbuzilish holatlari haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi

Inspeksiya tomonidan Respublika bo`yicha qamrab olinadigan korxona va tashkilotlar soni 578 mingtani tashkil etib, unda band bo`lganlar soni 13 117,5 kishini tashkil etadi. Shundan, band bo`lganlar soni sanoatda 1 664,7 ming kishini, savdoda 1 363,6 ming kishini va qishloq xo`jaligida 3 508,7 ming kishini tashkil etadi.

Inspeksiyaga 2020 yil davomida 26 788 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, natijasiga ko`ra 15 389 tasi qanoatlantirilgan, 10 488 tasiga tushuntirish berilgan, 638 tasi tegishliligi bo`yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 273 tasi ko`rilmasdan qoldirilgan.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2020 yil davomida 19 226 ta korxonada 40 081 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Qonunbuzilishlar sohalar bo`yicha tahlil qilinganda:

  • 4 731 ta holatda xalq ta`limi tizimidagi tashkilot va umumta`lim maktablari mansabdor shaxslari tomonidan o`qituvchi va boshqa xodimlarining mehnat huquqlari buzilgan;
  • 6 600 ta holatda tibbiyot muassasalarida;
  • 1 397 ta holatda qurilish sohasida;
  • 986 ta holatda qishloq xo`jaligida;
  • 667 ta holatda oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida;
  • 1 094 ta holatda sanoat korxonalarida;
  • 509 ta holatda transport sohasida;
  • 90 ta holatda savdo va xizmat ko`rsatish korxonalarida mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarning huquqlari buzilgan.

Boshqa yangiliklar