Kun hikmati

Mutolaa 09.02.2016, 09:18
Kun hikmati

Yor bo`lmoq tong emas men zori rasvo birla do`st 
Kim, pariy gohi bo`lur majnuni shaydo birla do`st.

La`lini sevdum, ko`zining qatlidin qayg`urmog`um, 
Ne g`am o`lmaktin, kishi bo`lsa Masiho birla do`st.

Zulfi savdosi, bu savdoyi boshinda ko`pturur, 
Bo`lsa savdo ahli, tong yo`q, ahli savdo birla do`st.

Sarv qadliq, guljabinlik do`stning hijronida 
Bo`lmog`um ne gul bila, ne sarvi ra`no birla do`st.

Hajrdin olam qorong`udur vale, g`am yo`q, gahe 
Jilva qilsa ul jamoli olamoro birla do`st.

Xizr yuz mehr ila tutqan jomi Jamdin yaxshiroq, 
Tutsa may durdini yuz toroju yag`mo birla do`st.

Bo`lma dunyo do`st, gar istar esang osudaliq,
Lek har ne qilsalar, bo`l ahli dunyo birla do`st.

Ey Navoiy, necha dushman bo`lsa, yonma do`stdin,
Chun sanga bo`lmishtur ul yuz ming tamanno birla do`st.

Alisher Navoiy

 

9 fevral –

Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kunga

575 yil to`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1