AsosiyJinoyat

Samarqandda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining soxta xodimi aniqlandi

'Samarqandda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining soxta xodimi aniqlandi'ning rasmi

2021 yilning 21 yanvar kuni Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S. ushbu hududdagi oliy ta`lim muassasasi rahbariyatiga qo`ng`iroq qiladi.

O`zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, mazkur universitet talabasi - tanishi D.Yu. hamda guruhning boshqa 17 nafar talabasiga chet tili fani bo`yicha o`tkazilayotgan davlat imtihonidan qoniqarli baho qo`yishni talab qiladi.

Fuqaroning ushbu noqonuniy talabi oliy ta`lim muassasasi tomonidan qondirilmagach, fuqaro M.S. takroran qo`ng`iroq qiladi va  tahdid qiladi.

Joriy yilning 29 yanvar kuni mazkur holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat kelib tushdi.

Shu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli idoralar tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.S.ning noqonuniy xatti-harakatlari to`g`risida olingan dastlabki ma`lumotlar o`z tasdig`ini topdi.

Holat yuzasidan joriy yilning 3 fevral kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida mazkur ish ko`rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining qarori bilan fuqarolar M.S. va D.Yu. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, tegishli jazo tayinlandi.

Boshqa yangiliklar