Sergeli tumani Mehrigiyo ko`chasida joylashgan avtoturargoh hududida "Sergeli yoshlarni sevadi" shiori ostida yoshlar festivali o`tkazilishi munosabati bilan 7 fevral kuni soat 14.00 dan 21.00gacha Jahonaro va Mirzo Tursunzoda ko`chasi oralig`idagi Mehrigiyo ko`chasi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi Matbuot xizmati.

"Haydovchilardan, vujudga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan foydalanishlarini tavsiya etiladi", deyiladi xabarda.