Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan viloyat IIB va Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan xamkorlikda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo`yicha Denov tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi “Darakchi.uz”ga xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Denov tumanida fuqaro T.Sh.ning yashash xonadoni xolislar hamda “Lestor” laqabli xizmat iti yordamida ko`zdan kechirilganda, xizmat iti xonadon ichida joylashgan divanga belgi berganligi sababli ushbu divan tekshirib ko`rildi. Natijada, divanning ichki qismida 4 dona gugurt qutilari ichida 37 ta qog`oz parchasiga o`ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Shundan so`ng fuqaro Sh.T. ushbu giyohvandlik vositasiga o`xshash moddalarni boshqa bir fuqaro S. N. dan olganligi ma`lum bo`ldi va tezkor tadbir davom ettirildi.
Denov tumani hududida fuqaro S.N. 2 dona gugurt qutilarga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga xar bir qutisini 350 ming so`mdan jami 700 ming so`mga sotmoqchi bo`lib olib kelgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi va egnidagi kiyimlari ko`zdan kechirilganda qora rangli kurtkasining cho`ntagidan yana 2 dona gugurt qutilarga qadoqlangan o`tkir xidli, yashil rangli “marixuana” giyohvandlik vositasiga o`xshash moddalar borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida olingan jami “marixuana” giyohvandlik vositalari ekspertizadan o`tkazilganda sof og`irligi 37,02 grammnitashkil etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.