2016 yilning 9 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Li Uk Hyon bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Muloqot chog`ida O`zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi hamda ikki tomon aloqalaridagi bo`lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko`rishning amaliy masalalari muhokamasiga asosiy e`tibor qaratildi.





