AsosiyJamiyat

Samarqandlik olimlar tashabbusi bilan “Alisher Navoiy” xalqaro jurnali ta`sis etildi

'Samarqandlik olimlar tashabbusi bilan “Alisher Navoiy” xalqaro jurnali ta`sis etildi'ning rasmi

Samarqand davlat universiteti professori I.Mirzaev tashabbusi va bosh muharrirligi hamda Tadqiqot.uz sayti hamkorligida “Alisher Navoiy” xalqaro jurnali ta`sis etildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Samarqand davlat universiteti dosenti R.Ruzmanovaning ma`lum qilishicha, jurnalda navoiyshunoslik, shoir adabiy merosining umumjahon tamaddunida tutgan o`rni va adabiy ta`sir masalalari yoritib boriladi. Jurnali Amerika Qo`shma shtatlarining Crossref.org tizimiga kiritilgan hamda har bir maqolaga raqam beriladi.

Alloma tavalludining 580 yilligi munosabati bilan jurnalning 1-soni e`lon qilindi. Unda yurtimiz va xorijlik navoiyshunos olimlar – professor I.Mirzaev, M.Muhiddinov, H.Dadaboev, M.Xolbekov, Q.Sodiqov, I.Haqqul, D.Salohiy, N.Jabborov, U.Jo`raqulov, A.Erkinov, D.Yusupova, Tanju Seyhan, Olmos Ulviy Binnatova, Mare Tountant, Amir Nemati Lima`ining buyuk shoir ijodining dolzarb masalalariga bag`ishlangan maqolalari berildi.

Ushbu xalqaro elektron ilmiy jurnalga maqolalar o`zbek, rus, ingliz, fransuz, turk, tojik kabi tillarda qabul qilinadi va nashr jahonning turli mamlakatlarida amalga oshirilayotgan navoiyshunoslikka oid tadqiqotlarni yoritib borishga mo`ljallangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar