Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov "Aholiga davlat va kommunal xizmatlar ko`rsatish sifatini oshirish bo`yicha keyingi chora-tadbirlar to`g`risida" gi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirg`iziston Prezidenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, ushbu farmon Qirg`iziston Respublikasi Konstitusiyasining 65-moddasidan kelib chiqib, Qirg`iziston Respublikasi aholisiga davlat va kommunal xizmatlar ko`rsatilishining sifatini yaxshilash bo`yicha keyingi chora-tadbirlarni ko`rish uchun qabul qilindi.
2021 yil 1 iyungacha jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va shahar xizmatlarini elektron shaklda, shu jumladan, Davlat elektron xizmatlari portali orqali ko`rsatiladigan xizmatlarini olish uchun rag`batlantirish mexanizmlarini yaratiladi.
2021 yil 1 martga qadar davlat idoralari va mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslardan "Tunduk" idoralararo elektron aloqa tizimi orqali elektron shaklda ma`lumotlar almashinuvi bilan almashtirib, qog`oz shaklidagi guvohnomalar yoki hujjatlarni talab qilish tartibini bekor qilinadi.