AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda iste`molchi foydasiga 495 million so`m undirib berildi

'Qashqadaryoda iste`molchi foydasiga 495 million so`m undirib berildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining Qarshi shahar ijro etuvchi apparatiga Nishon tumani Yangi Nishon shahri, Navbahor MFY, Shodlik ko`chasida yashovchi fuqaro Ozodbek Eshqobilovdan murojaat kelib tushdi.Bu haqda Federasiya axborot xizmati "Darakchi.uz"ga xabar berdi. 

Unda bildirilishicha, O.Eshqobilov Qarshi shahri I.Karimov ko`chasida “Shovot maxsus bino qurilish”  MChJ tomonidan qurilayotgan 21-sonli ko`p qavatli uy-joyning  birinchi qavatida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko`rsatish majmuasidan har birining narxi 225 million so`mdan bo`lgan 2 ta savdo do`konini jami 450 million so`mga sotib olish to`g`risida shartnoma rasmiylashtirgan. O.Eshqobilov tomonidan shartnomada belgilangan mablag` tegishli tartibda sotuvchining hisob raqamiga to`liq to`langan. Biroq mazkur ko`p qavatli uy Qarshi shahar hokimining 2019 yil 2 fevraldagi qaroriga asosan foydalanishga qabul qilingan bo`lsada, “Shovot maxsus bino qurilish”  MChJ tomonidan shartnomada ko`rsatilgan savdo do`konlari fuqaro O.Eshqobilovga topshirilmagan.

Ushbu murojaat Federasiyaning Qarshi shahar ijro etuvchi apparati tomonidan o`rganilganda, fuqaro O. Eshqobilovga berilishi kerak bo`lgan savdo do`konlari bank tomonidan ajratilgan kreditning qaytarilishi kafolati sifatida garov hisobiga ta`qiqqa qo`yilganligi ma`lum bo`lgan va iste`molchiga etkazilgan zararlarni undirishni so`rab fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga binoan, “Shovot maxsus bino qurilish”  MChJ hisobidan iste`molchi O.Eshqobilov foydasiga 450 million so`m hamda jarima sifatida 45 million so`m, jami 495 million so`m kompensasiya  undirish to`g`risida qaror chiqardi. Shuningdek, “Shovot maxsus bino qurilish”  MChJ hisobidan 19 million 800 ming so`m davlat boji undirildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar