AsosiyJamiyat

Pandemiya sabab 2020 yilda tadbirkorlarga ajratiladigan kredit miqdori 7 mlrd. so`mga kamaygan

'Pandemiya sabab 2020 yilda tadbirkorlarga ajratiladigan kredit miqdori 7 mlrd. so`mga kamaygan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tayotgan matbuot anjumanida  Markaziy bank boshqarma boshlig`i Olim Bolgaev ma`lum qildi.  

Tadbirkorlarga qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha moliyalashtirish manbalaridan kichik tadbirkorlik  sub`ektlariga 103,8 trl. so`m miqdorida kredit ajratilgan.

Pandemiya davri ta`siri sabab, 2019 yilga nisbatan 2020 yilda ajratilgan kreditlar miqdori 7 trln. so`mga kamaydi. 2020 yilda kichik tadbirkorlik sub`ektlariga ajratilgan kredit miqdori 48,4 trln. so`mni tashkil qildi.

2020 yil oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 6,1 trln. so`m miqdorida, 214 mingdan ziyod loyihaga kredit ajratilgan.  

Xususan, "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida 408 trln. so`m miqdorida kredit ajratilgan bo`lsa, hunarmandlar, dehqon, fermer xo`jaliklari, tomorqa er egalariga mahalliy hokimliklar huzuridagi bandlikka ko`maklashish jamg`armalari hisobidan 786 milliard so`m miqdorida, Yoshlar kelajagimiz jamg`armasi hisobidan 428 mlrd. so`m kredit ajratilgan. Xotin-qizlar va oilani qo`llab-quvvatlash fondi hisobidan esa qariyb 100 mlrd. so`m miqdorida mablag` ajratilgan.

Boshqa yangiliklar