AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidentiga Shavkat Mirziyoevning maktubini topshirdi

'Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidentiga Shavkat Mirziyoevning maktubini topshirdi'ning rasmi

2021yil 17 fevral kuni Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar berdi. 

Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovga maktubini topshirdi.

Uchrashuv chog`ida oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashinildi.

Qayd etilganidek, ikki mamlakat etakchilarining siyosiy irodasi natijasida davlatlararo munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyalar, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalar salmoqli darajada faollashdi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Muloqotda Markaziy Osiyoda ko`p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun infratuzilmaviy va transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e`tibor qaratildi.

Muzokaralar chog`ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar