1

Namanganda nonvoy "cho`tal puli" uchun o`z nonvoyxonasini qimorxonaga aylantirdi

Jinoyat 18.02.2021, 15:58
Namanganda nonvoy "cho`tal puli" uchun o`z nonvoyxonasini qimorxonaga aylantirdi

Namanganlik  41 yoshli Arabjon T., Pop tumani “Yuqori Xonobod” MFY.,da joylashgan nonvoyxonasining yordamchi xo`jalik xonasida ushbu mahallada yashovchi Sayfiddin U., va G`ulomjon Q.,larga o`yin kartasi yordamida qimor o`ynashlari uchun 10 000 so`mdan cho`tal puli olish evaziga sharoit yaratib bergan. 2021 yil 6 fevral kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida jami qimorbozlardan olingan 80 000 so`m cho`ta puli , o`yin kartasi, qimor uchun tikilgan 1 850 000 so`m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan 41 yoshli Arabjon T.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1