Tojikistonlik mehmonlar Toshkent shahar Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida zamonaviy texnologiyalar orqali tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko`rsatishda O`zbekiston tajribasini o`rganmoqda.
Shu kunlarda DUK «Tadjikinvest» ijrochi direktori Dj. Muzaffari hamda Tojikiston Respublikasi Investisiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo`mitasi boshqarma boshlig`i I. Yazdonzodalar mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo`lib turibdi.
Uchrashuvdavomida DXA direktori U. Muhammadiev mehmonlarni Markazda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlari ko`rsatishning milliy tizimi bilan tanishtirdi.