Yurtimizda masjidlar soni 2084 taga etdi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimizda fuqarolarning boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e`tiqod erkinligini ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratib kelinmoqda.
Ana shundan kelib chiqib, Farg`ona viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan «O`qchi» masjidi ro`yxatdan o`tkazilib, uning ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.
Ma`lumot uchun, Farg`ona viloyatidagi masjidlar soni 200 taga etdi.