Fuqaro B.F. joriy yilda Qarshi shahrida joylashgan do`kondan noutbuk harid qiladi, ammo mahsulotning 1 kun ichida nuqsoni borligi aniqlandi, ya`ni ovoz kuchaytirgichi nosoz ekan. Bu haqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.
Mijoz bir necha bor do`kon egalari murojaat qilib muammoga echim topolmagach O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vertual qabulxonasiga murojaat yo`llaydi.
Agentlikning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamda murojaatchi B.F. ishtirokida o`rganish ishlari olib borildi. Natijada, O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 13-moddasi birinchi bandiga asosan, nuqsonli tovar sotilganda iste`molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o`tilmagan bo`lsa, o`z xohishiga ko`ra tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berishni talab qilishga haqli ekanligini inobatga olib, murojaatchiga yangi “Aser” rusumli noutbukka almashtirib berildi.