1

Sanjayning “ishi” bo`yicha sud xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkaziladi

Jamiyat 03.03.2021, 16:01
Teglar: Sanjay
Sanjayning “ishi” bo`yicha sud xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkaziladi

Yaqinda bloger va huquqshunos Zafar Solijonovning o`zining “Telegram”dagi kanalida xonanda Sanjayga (Sanjar Djavberdievga) nisbatan rasmiylashtirilgan ma`muriy huquqbuzarlikka oid materillarini qabul qilish Navoiy shahar ma`muriy sudi xodimlari tomonidan aossiz paysalga solinayotganiga oid xabar  tarqatdi. Mazkur xabar Sudyalar oliy kengashi tomonidan o`rganildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Unga ko`ra, S. Djavberdievga nisbatan MJtKning (Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksi) 1771-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan rasmiylashtirilgan ma`muriy ish materiallari 2020 yilning 11 dekabr kuni Naviy shahar ma`muriy sudiga kelib tushgan. Biroq huquqbuzarlikda gumonlanayotgan shaxsdan ish holati bo`yicha to`liq, javbrlanuvchilardan esa umuman tushuntirish xati olinmagani, shuningdek huquqbuzarlik ashyosi ilova qilinmagani sababli ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ish hujjatlari 2020 yil 25 dekabr kuni № 2278-20-sonli xat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo`limiga qaytarilgan.

Shundan so`ng ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi mazkur ish 2021 yil 19 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudiga kelib tushgan.Ishni sud majlisida ko`rish 2021 yilning 5 mart kuni davom ettiriladi.

Ma`muriy huquqbuzarlikka oid ish materiallarini qaytarishda prosessual qonun talablari buzilgani ehtimoli hamda hujjatlarni qabul qilishda sansalorlikka yo`l qo`yilgan-qo`yilmaganligi masalasiga aniqlik kiritish uchun materiallar Sudyalar oliy malaka hay`atiga xizmat tekshiruvi o`tkazish uchun yuborildi, deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bayonotida.

Sharhlar

Qo`shiqchi Sanjay shoir Usmon Azim uchun 4,5 mln. so`m tanga yig`di

09.06.2022, 13:42

Ijtimoiy tarmoqlarda qo`shiqchi Sanjay shoir Usmon Azimga tanga yig`ayotgani aks etgan video tarqalmoqda"Zamon" nashrining yozishicha, Sanjay “Karvon” qo`shig`i she`ri uchun shoir Usmon Azimga to`lashi kerak...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1