AsosiyJamiyat

“Agrobank” Xovos filialining sobiq boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'“Agrobank” Xovos filialining sobiq boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan “Agrobank” ATB Xovos filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo`lgan X.B. “Y.T” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq jamiyatga 150 mln so`m kredit ajratish o`rniga 300 mln so`m kredit ajratib, jamiyat tomonidan asosiy qarzdorlik va kredit foizlarining to`lanmasdan qolinishiga sababchi bo`lganligi, shuningdek ushbu kredit qarzdorligini to`lash maqsadida YaTT K.ga go`yoki “Yog`ochdan buyumlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish uchun” 55 mln so`m kredit ajratib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan X.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar