AsosiyJinoyat

Sho`rchi tumanida "bola puli to`g`irlab beraman" deb ta`magirlik qilgan ayolga jinoyat ishi ochildi

'Sho`rchi tumanida "bola puli to`g`irlab beraman" deb ta`magirlik qilgan ayolga jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Sho`rchi tumanidagi “Jarqishloq” mahallasida yashovchi Ozoda (ismlar o`zgartirilgan) farzandi uchun ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa pulini olish maqsadida, tuman pensiya jamg`armasi bo`limi sobiq bosh huquqshunos maslahatchisi Nargizaga murojaat qiladi.

Nasiba esa tayyor xo`rak topilganidan foydalanmoqchi bo`ladi. U nafaqa pulini tayinlab berishni va`da qiladi, albatta, faqat ta`ma evaziga.

Ozoda uning gaplarini eri Odiljonga aytadi. Odiljon esa bu haqida huquq tartibot idoralariga murojaat qiladi.

Departamentning tuman bo`limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning “Ko`klam” MFY hududida joylashgan Sho`rchi tumani pensiya jamg`armasida o`tkazilgan tezkor tadbirda maslahatchi Nargiza 450 ming so`m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar