682 787 nafar yigit-qiz «Yoshlar daftari»ga kiritildi — ular qanday yordamga muhtoj? Bugun, 5 mart kuni AOKAda o`tkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov mavzu yuzasidan izoh berdi:
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning muammolari tahlil qilinganda, 293 956 nafari ishlash, 108 367 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlash, 75 850 nafari tadbirkorlarga biriktirish, 75 850 nafari kasb-hunarga o`qish, 110 399 nafari ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik yordamga muhtoj, 35 475 nafari «ustoz-shogird» an`anasi doirasida usta-hunarmandlarga biriktirish istagini bildirgan.
2021 yil 1 mart kuniga qadar, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 38 983 nafar yoshlarning bandligi ta`minlandi.
«Yoshlar daftari» bilan ishlash elektronlashtiriladi hamda bu bo`yicha «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy apparat kompleksi negizida yaratilgan daftar.mehnat.uz yagona elektron platformasi imkoyanitlaridan keng foydalaniladi.
Oliy ta`lim muassasalarida to`lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin etim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan va Mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo`qotgan 127 nafar talabaning 350 mln so`mlik to`lov shartnoma mablag`lari to`lab berildi».