AsosiyJamiyat

Buloqboshi tuman qurilish bo`limi mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi

'Buloqboshi tuman qurilish bo`limi mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tuman qurilish bo`limi mutaxassisi Z.U. fuqaro T.S.ga savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shahobchasi qurish uchun ajratilgan 8 sotix er maydonining 6 sotixini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali turar joy toifasiga o`zgartirib berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.  

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar